Surunkali og‘riqlar nima?
Bo‘g‘im og‘riqlari 3 oydan ortiq davom etsa, surunkali hisoblanadi. Bu holat kunlik faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va harakat cheklovlariga olib keladi.
Sabablari:
- Revmatoid artrit
- Artroz (bo‘g‘imda tog‘ay yemirilishi)
- Podagra
- Surunkali stress va zo‘riqish
- Bo‘g‘imlarda eski jarohatlar yoki yallig‘lanishlar
Belgilari:
- Bo‘g‘imda og‘riq va qattiqlik
- Shishish va yallig‘lanish
- Harakat cheklanishi
- Sovuq havoda og‘riqning kuchayishi
- Uyqu buzilishi
Diagnostika:
- Revmotolog ko‘rigi
- UZI yoki rentgen
- Qon tahlillari (revmo faktor, C-reaktiv oqsil)
- MRT (zarurat bo‘lsa)
Davolash:
- Yallig‘lanishga qarshi dori vositalari
- Fizioterapiya (lazer, magnit, ultratovush)
- Massaj va issiqlik terapiyasi
- Parhez va harakat rejimi
- Og‘ir holatlarda — intraartikulyar inyektsiyalar