Nega buyrak toshlari ko‘paymoqda? Sabablari va zamonaviy davolash usullari

Buyrak toshlari nima?

Buyrak toshlari (tibbiy nomi — urolitiaz) siydikdagi kalsiy, oksalat, fosfat va boshqa tuzlar yiriklashib, kristall shaklida to‘planishi orqali paydo bo‘ladi. Bu kristallar siydik yo‘llarida harakatlanib, keskin og‘riq, tiqilib qolish va yallig‘lanishga sabab bo‘ladi.


Asosiy sabablari:

  • Suvsizlanish — kam suv ichish siydikni kontsentratsiyalab, kristallar to‘planishiga olib keladi
  • Tuzli va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish
  • Irsi moyillik
  • Siydik yo‘llari infeksiyalari
  • Gormonal muvozanat va metabolik buzilishlar


Belgilari:

  • Bel yoki yon sohada kuchli, to‘satdan boshlanuvchi og‘riq
  • Siydikda qon (qizg‘ish rang)
  • Siydik paytida achishish yoki kuyish
  • Ko‘ngil aynishi, qusish
  • Tez-tez siyish, ammo kam miqdorda


Zamonaviy diagnostika:

  • UZI (ultratovush tekshiruv)
  • Kompyuter tomografiya (MSKT)
  • Siydik va qon tahlillari


Davolash usullari:

  • Dori vositalari bilan kichik toshlarni chiqarish
  • Lazerli yoki ultratovushli toshlarni maydalash (litotripsiya)
  • Jarrohlik aralashuvi (katta toshlarda)
  • Suv ichish tartibini to‘g‘rilash, parhez



📍 Avitsenna Med Servis klinikasida buyrak toshlari tez va og‘riqsiz aniqlanadi hamda zamonaviy usullar bilan davolanadi. 24/7 faoliyat yurituvchi urologlar jamoasi sizga yordamga tayyor!

Kasalliklar

Qabulga yozilish

Qabul fo’rmasini to’ldiring va xodimlarimiz siz bilan tez fursatda bog’lanishadi.