Tonzillit nima?
Bu kasallik asosan bolalar va o‘smirlarda uchrasa-da, har qanday yoshda rivojlanishi mumkin. O‘tkir yoki surunkali shakllarda bo‘ladi. Angina deb ataladigan shakli bakterial kelib chiqishga ega bo‘lib, streptokokklar asosiy sababchilardir.
Asosiy sabablari:
- Viruslar (gripp, adenoviruslar)
- Bakteriyalar (A guruh streptokokklar)
- Past immunitet
- Shamollash, sovuq ichimliklar
- Allergik omillar
Belgilari:
- Tomoqda qattiq og‘riq
- Yutishdagi qiyinchilik
- Haroratning 38–40°С gacha ko‘tarilishi
- Og‘izda noxush hid
- Limfa tugunlarining kattalashishi
Diagnostika:
- LOR ko‘rigi
- Laborator tahlillar (bo‘g‘izdan surtma olish)
- Qon tahlili
Davolash:
- Bakterial holatda antibiotiklar
- Antiseptik spreylardan foydalanish
- Dam olish va suyuqlik iste’molini ko‘paytirish
- Og‘riqni kamaytiruvchi vositalar
- Surunkali holatda tonzillektomiya (bodomsimon bezni olib tashlash)