FGDS — bu zamonaviy endoskopik tekshiruv bo‘lib, uning yordamida qizilo‘ngach, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichakni aniq ko‘rish va tashxislash mumkin. Fibroendoskop kamerasi yordamida oshqozon-ichak kasalliklari erta bosqichida aniqlanadi.
FGDS nima uchun kerak?
- Gastrit, yara, polip va o‘smalarni aniqlash
- Qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi sabablarini aniqlash
- To‘g‘ri tashxis va biopsiya olish imkoniyati
FGDS o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar
- Surunkali oshqozon og‘rig‘i
- Jig‘ildon qaynashi va reflyuks
- Yutishda qiynalish
- Vaznning tushib ketishi
- Oshqozon yarasi yoki gastritga shubha
Jarayon qanday o‘tadi?
- Bemor 6–8 soat och holda keladi.
- Tomoq mahalliy og‘riqsizlantiriladi.
- Ingichka endoskop og‘iz orqali kiritiladi.
- Oshqozon va ichak shilliq qavati tekshiriladi, kerak bo‘lsa biopsiya olinadi.
- 10–15 daqiqa davom etadi.
Afzalliklari
- Juda aniq tashxis
- Polipni olib tashlash, qon ketishini to‘xtatish imkoniyati
- Tez, xavfsiz va minimal invaziv
Avitsenna Med Servis Klinikasida FGDS tekshiruvini eng yangi asbob-uskunalarda, malakali gastroenterologlar o‘tkazadi.
Kalit so‘zlar:
FGDS Qo‘qon, Oshqozon endoskopiya, Oshqozon-ichak tekshiruvi, Gastrit tashxis Qo‘qon, Fibrogastroduodenoskopiya Avitsenna.