Kardiologiya bo‘limida siz yuqori malakali kardiolog shifokorlar tekshiruvidan o‘tishingiz mumkin. Ko‘p yillik tajribaga ega vrachlar va zamonaviy davolash standartlariga rioya qilish sog‘lig‘ingiz kafolatidir.
Kardiologiya bo‘limida siz yuqori malakali kardiolog shifokorlar tekshiruvidan o‘tishingiz mumkin. Ko‘p yillik tajribaga ega vrachlar va zamonaviy davolash standartlariga rioya qilish sog‘lig‘ingiz kafolatidir.
Kardiologiya-bu yurak-qon tomir tizimining tuzilishi va funksiyalarini, yurak kasalliklarini kechishi va davolash usullarini o‘rganadigan tibbiyotning keng sohasi. Ushbu guruh kasalliklarini davolash vrach-kardiolog vakolatiga kiradi.
Klinik kardiologiya yurak-qon tomir kasalliklarini konservativ davolash bilan shug‘ullanadi. Intervension kardiologiya esa yurak-qon tomir kasalliklarini teri orqali kateterizatsiya qilish orqali tashxislash va davolashga asoslangan.
Kardiologik kasallik alomatlari. To‘sh orti va yurak sohasidagi og‘rig‘lar, puls ritmining buzilishi, qon bosimining oshishi yoki pasayishi, nafas qisilishi, umumiy xolsizlik va boshqalar kardiologik kasallik mavjudligi to‘g‘risida ishora berishi mumkin. Agar yuqorida ko‘rsatilgan belgilarni sezzangiz kardiologga murojaat qilishingiz kerak.
Kardiologiyadagi asosiy kasalliklar. – Yurak ishemik kasalligi, bular stenokardiya yoki o‘tkir miokard infarkti;
- Turli yurak ritmi buzilishi kasalliklari;
- Qon bosimini oshishi yoki past bo‘lishi;
- Yurak-qon tomir kasalliklari sababli yuzaga kelgan qon aylanishi yetishmovchiligi;
- Tug‘ma yoki orttirilgan yurak nuqsonlari.
Qabul fo’rmasini to’ldiring va xodimlarimiz siz bilan tez fursatda bog’lanishadi.