Bizning laboratoriya keng ko‘lamli laborator tekshiruvlarni taklif etadi. Klinikada barcha klinik, bioximik, gormonal va bakteriologik tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy tekshiruv analizatorlari taxlillarni yuqori aniqlikda va tez bajarish imkonini beradi.
Avitsenna Med Servis - qulay sharoitlarga ega, barcha zamonaviy standartlarga javob beradigan ko‘p tarmoqli klinika. Avitsenna klinikasida har bir bemorga individual yondoshgan holda, zamonaviy davolash standartlari asosida xizmat ko‘rsatiladi. 2018 yil o‘z faoliyatini boshlagan klinikadan o‘tgan vaqt ichida ko‘p sonli bemorlar o‘z dardlariga shifo topib kelmoqdalar. Klinika eng oxirgi rusumli tibbiy uskunalar bilan jixozlanib, barcha vrachlar yuqori malaka va tajribaga ega. Shuningdek, lozim bo‘lganda boshqa malakali mutaxassislarni davolash jarayoniga jalb qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.