Nevrologiya bo‘limida bolalar va kattalarda uchraydigan turli xil asab kasalliklarini zamonaviy standartlar asosida davolash yo‘lga qo‘yilgan. Mutaxassislarimiz doimo o‘z ustilarida ishlab, har yili rivojlangan davlatlarda o‘z malakalirini oshirib keladilar.
Nevrologiya - bu odamlarning markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarini davolash bilan shug‘ullanadigan tibbiyot sohasi. Nevrologik muammolar irsiy sabablardan kelib chiqadigan, tug‘ma patologiyalar va orttirilgan kasalliklar bilan bog‘liq. Simptomlarni tahlil qilish va kasallikning aniq tashxisi asab tizimining qaysi bo‘limlarida buzilish sodir bo‘lganligini aniqlashga imkon beradi. Markaziy asab tizimining noto‘g‘ri ishlashini ko‘rsatadigan umumiy simptomlarga quyidagilar kiradi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, eshitish, ko‘rish va nutq a’zolari faoliyatining buzilishi. Mushaklarning atrofiyasi, qo‘l va oyoqlarda uvishish va sezuvchanlikni pasayishi periferik asab tizimining buzilishini ko‘rsatadi. Qanday bo‘lmasin, faqat tajribali mutaxassis kasallikning sababini aniqlay oladi. Ko‘pgina kasalliklar asab tizimining noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq, chunki u tananing barcha funksional tuzilmalari bilan o‘zaro bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun boshqa tibbiy mutaxassislar bemorlarni aynan nevrologga yuboradilar. Nevrologlar kasallikning sabablarini o‘rganadilar, kasallik alomatlarini tahlil qiladilar va yuzaga kelgan muammolarni tashxislash usullarini aniqlaydilar. Tashxisga asoslanib, shifokor bemorga samarali davo usulini taklif qiladi.