Urologiya

Urologiya bo‘limi yuqori aniqlikdagi urologik tekshiruvlar va muolajalarni taklif etadi. Ko‘p yillik tajribaga ega shifokorlar muammolaringizni bartaraf etishga tayyor.

Urologiya-bu siydik ajratish tizimi kasalliklarini: buyraklar, siydik pufagi, siydik yo‘llari, shuningdek erkaklar jinsiy a’zolarini davolaydigan tibbiyot yo‘nalishi. Ba’zi kasalliklar ayollarda ham uchraydi, bular - piyelonefrit, sistit, urolitiaz, keksa yoshda siydik tutib tura olmaslik va hokazo. Ammo shunga qaramay, urolog bemorlarning aksariyati erkaklardir. Ular jinsiy a’zolar kasalliklari — prostata bezining yallig‘lanishi, erektil disfunksiya, erkaklarda bepushtlik va boshqa muammolar bilan shifokorga kelishadi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak? Ba’zi holatlarda urolog bilan shoshilinch maslahatlashish tavsiya etiladi. Bularga quyidagilar kiradi:

- Bel va qovuq sohasidagi kuchli og‘riq;

- siydik ko‘rinishining har qanday o‘zgarishi – qizarishi, loyqalanishi va h.;

- siyish paytida og‘riq;

- jinsiy a’zolardan patologik ajralmalar ajralishi;

- siydik chiqarishda qiyinchilik, kuchanish;

- yorg‘oq hajmini o‘zgartirish;

- siydik tutib tura olmaslik.

- Shuningdek, simptomlar orasida isitma, umumiy xolsizlik va ishtahaning pasayishi bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, erkaklarga har yili urolog ko‘rigidan o‘tib turish tavsiya etiladi (ayniqsa 40 yoshdan keyin bu juda muhimdir). Urolog vrach nazorati ostida bo‘lish va muntazam tekshiruvlardan o‘tib turish yoshga doir yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni (prostata bezi adenomasi, prostata bezi raki, androgen gormonlar yetishmovchiligi sababli muammolar) yuzaga chiqishini oldini oladi.

Kasalliklar

Bizning shifokorlar jamoasi

Hammasini ko'rish

Qabulga yozilish

Qabul fo’rmasini to’ldiring va xodimlarimiz siz bilan tez fursatda bog’lanishadi.